DOI: 10.63294/afucon/vol12iss1/99 ISSN:
XALQARO TAJRIBA ASOSIDA MAISHIY KIMYO MAHSULOTLARINI B2B BOZORIDA TAQSIMOT VA MARKETING STRATEGIYALARINI RIVOJLANTIRISH YOʻLLARI
Ruziyeva Farzona Komiljon qiziUshbu tadqiqot maishiy kimyo mahsulotlari B2B bozorida taqsimot va marketing strategiyalarini xalqaro tajriba asosida tahlil qilishga bagʻishlangan. Tadqiqotda yetakchi global kompaniyalar — Procter & Gamble, Unilever va Henkel tajribalari oʻrganilgan, omnikanal taqsimot strategiyalari, raqamli transformatsiya jarayonlari va mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish tizimlari chuqur tahlil etilgan. Metodologik jihatdan kontentni tahlil qilish va qiyosiy tahlil usullaridan foydalanilgan. Natijalar shuni koʻrsatadiki, B2B maishiy kimyo sektori uchun integratsiyalashgan raqamli marketing, strategik hamkorlik va mijozga yoʻnaltirilgan yondashuv eng samarali yoʻnalishlar hisoblanadi.