DOI: 10.63294/afucon/vol11iss1/243 ISSN:

VABO KASALLIGI TARQALISHINING YANGI BOSQICHLARI

Bazarova Gulnora Rustamovna

Vabo kasalligi – Vibrio cholerae dunyoning bir qator mamlakatlari Osiyo (Yaman, Bangladesh, Hindiston, Nepal), Afrika (Nigeriya, Niger, Kongo Demokratik Respublikasi, Mozambik va b.), Karib orollari (Gaiti) va boshqa mamlakatlarda kelib chiqishi turlicha bo‘lgan vaziyatlar fonida bashorat qilinmaydigan epidemiyalar, keng ko‘lamli epidemiyalar ro‘yxatga olinishini hisobga olgan holda sog‘liqni saqlash muassasalari uchun katta muammo bo‘lib qolmoqda. Ushbu maqolada vabo kasalligini qaysi turlarga bo‘linishi, tarqalgan davlatlar, kasallikning kechishi, mikrobiologik hususiyatlarini o‘zgarganligi, kasallik kelib chiqishidagi belgilarning o‘zgaruvchanligi, mamlakatlarga kasallikning kirib kelishini va tarqalishini oldini olish uchun zarur bo‘ladigan barcha chora-tadbirlarning ketma ketligi, bajarilishi kerak bo‘lgan rejalarni zarurligi to‘g‘risidagi fikrlar bayon etilgan. Vabo kasalligini o‘rganish borasida mikrobiologik, epidemiologik va statistik usullarni qo‘llanilishi maqsadga muvofiq bo‘lib, bu kasallikni oldini olish ishlarini ketma-ketligini belgilab beradi. Dunyoda vabo kasalligini monitoring qilishda Jahon ni saqlash tashkiloti ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha qit’alarning 83 ta davlatlarida: Afrikada - 36 ta davlatda, Osiyoda -24 ta, Amerikada – 10 ta, Yeropada -11 ta va Avstraliya bilan Okeaniyada -2 ta davlatda - 4 117 254 holatda vabo kasalligi qayd etilgani aniqlandi. Kasallanish ko‘rsatkichlari solishtirma og‘irligi bo‘yicha ko‘rib chiqqanimizda eng ko‘pi Osiyo – 68,7 % (2829443) va Afrika – 23,8% (979923) mamlakatlariga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, Amerika-7,5% (307761), Yevropa -0,003% (118), Avstraliya bilan Okeaniya - 0,0005% (19) ni tashkil etdi. Shu yuqori kasallanish ko‘rsatkichlari ostida o‘lim ko‘sarkichlari ham mavjud bo‘lib, 2021 yilda dunyo bo‘yicha 1,4% ni tashkil etib, shundan Afrikada-2,9%, Osiyoda0,03% ni qamrab oldi. [6,7.9] Turli qit’alardagi kasallik chaqnashlari va epidemiyalar genezida asosiy rol o‘ynaydigan aholining ichki, davlatlararo va qit’alararo migratsiyasi bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga vabo olib kelishning epidemiologik xavfini aniqlashda davom etmoqda. Vibrio cholerae kasalligini oldini olish chora-tadbirlari har bir davlatda ahamiyatga molik darajadagi vazifalardan bo‘lib, kommunal-maishiy xizmat, ichki va tashqi ishlar, suv xo‘jaligi, turizm, savdo, moliya, maorif va boshqa sohalarning mamlakat xududini vabo kasalligidan muxofaza qilishdagi ma’suliyatini belgilashdan iborat bo‘ladi.

More from our Archive