DOI: 10.63294/afucon/vol12iss1/98 ISSN:
UZUM YETISHTIRISHDA KLASTER TIZIMINING JORIY ETILISHI VA KORXONA FAOLIYATIGA TAʼSIRINING XALQARO TAJRIBALARI
Usmonova Diyora Mahmud qiziUshbu tezisda Oʻzbekiston uzumchilik tarmogʻida yashil texnologiyalar asosida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda marketing strategiyalarining oʻrni tahlil etilgan. Marketing yondashuvlarining ekologik innovatsiyalarni bozorga moslashtirishdagi roli asoslangan. 2010–2023 yillar davomida hududlar kesimida uzum yetishtirish hajmidagi oʻzgarishlar empirik maʼlumotlar asosida baholangan. Tahlil natijalari marketing strategiyalarining texnologik transformatsiya bilan uzviy integratsiyasi samaradorlikni taʼminlovchi muhim omil ekanligini koʻrsatadi. Klasterlashgan uzumchilik tizimlarida marketing va ekologik strategiyalarning uygʻunligi raqobatbardoshlikni oshiruvchi omil sifatida talqin etiladi.