DOI: 10.63294/afucon/vol11iss1/233 ISSN:
TIZIMLI SKLERODERMIYA KASALLIGIDA YURAK-QON TOMIR KASALLIKLARI PROFILAKTIKASINING KONSEPSIYALARI
Hamroyeva Yulduz SaidovnaTizimli sklerodermiya bilan kasallangan bemorlarda yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini oldini olish, xavf omillarini erta aniqlash va kardiovaskulyar xavfni prognozlash, buning natijasida esa kelib chiqishi mumkin boʻlgan kasallanish, nogironlik, shuningdek, oʻlim koʻrsatkichlarini kamaytirish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Yurak-qon tomir kasalliklari profilaktikasining zamonaviy tamoyillari, kardiovaskulyar xavfni shakllantirishga ta'sir etuvchi omillarni e'tiborga olgan holda, xavf omillariga qarshi yondashuv, individual profilaktika va kurash tamoyillaridan kelib chiqqan.