DOI: 10.63294/afucon/vol11iss1/235 ISSN:

THE EFFECTS ОF DОPAMINE RECEPTОR AGОNISTS ОN THE CОURSE ОF ASEPTIC IN- FLAMMATIОN INFLAMMATIОN

Khakimov Z.Z, Djanaev G.Yu, Mustanov T.B, Khabibullayev Sh.E

Eksperimental tadqiqotlarda levodopa va bromokriptinning diklofenak natriy bilan solishtirilgan holda dekstran, gistamin va karragenan orqali chaqirilgan aseptik yallig‘lanishning kechish xususiyatlariga ta’siri o‘rganildi. O‘rganilgan dofamin mimetiklari turli ta’sir mexanizmlariga ega flagogenlar ta’sirida ekssudatsiya jarayonini aniq ravishda susaytirishi aniqlangan. Dofamin retseptorlari agonistlarining antiekssudativ ta’sir mexanizmi asosan ularning periferik adrenomimetik ta’siri, ya’ni qon tomirlarning torayishi (vazokonstriksiya) bilan bog‘liq deb hisoblanadi. Alohida tajriba seriyasida “paxta granulomasi” modeli yordamida dofamin retseptorlari agonistlarining antiproliferativ xususiyati ham isbotlandi. Xulosa qilinishicha, farmakoterapiya samaradorligini oshirish nuqtai nazaridan dofamin mimetiklarini tibbiyot amaliyotida qo‘llashda ularning antiekssudativ va antiproliferativ xususiyatlarini inobatga olish zarur.

More from our Archive