TELEMEDITSINA YOʻNALISHIDAN FOYDALANISHNING IQTISODIY SAMARODORLIGI, AXBOROT XAVSIZLIGI
Moʻydinxoʻja QodirovTelemeditsina tibbiy xizmatlarga kirish imkoniyatini kengaytirish va iqtisodiy samaradorlikni oshirishda muhim ahamiyatga ega boʻlsa-da, axborot xavfsizligi, infratuzilma yetishmovchiligi va huquqiy asoslar kabi muammolar bilan bogʻliq xavflar mavjud. Ushbu tadqiqotning maqsadi telemeditsinadan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi hamda turli xavflarni oldini olish texnikalarini tahlil qilishdan iborat. Tadqiqot tizimli adabiyotlar sharhi usulida amalga oshirilib, Google Scholar, Scopus, Web of Science va mahalliy ilmiy jurnallar bazalaridan 2020 yildan keyin nashr etilgan 14 ta manba tahlil qilindi. Natijalar telemeditsinaning xarajatlarni kamaytirish va xizmatlarga kirishni kengaytirishdagi iqtisodiy samaradorligini koʻrsatdi, shu bilan birga axborot xavfsizligi, infratuzilma va diagnostik xatoliklar kabi asosiy xavflarni aniqladi. Ushbu xavflarni oldini olish uchun raqamli infratuzilmani yaxshilash, tibbiyot xodimlarini tayyorlash va qonunchilikni takomillashtirish zarurligi taʼkidlanib, tadqiqot telemeditsina tizimini muvaffaqiyatli joriy etish va rivojlantirish uchun muhim amaliy ahamiyatga ega.