DOI: 10.63294/afucon/vol2iss1/468 ISSN:

SYUJETGA XOS UNSURLARNING QISSA POETIKASIDA TUTGAN O‘RNI

Shaxlo Botirova

Mazkur tezisda qissa poetikasida syujetga xos unsurlarning badiiy-funksional ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda syujetning yuzaga kelish omillari, kompozitsiya, fabula, detal va badiiy tafakkur o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik nazariy hamda amaliy jihatdan yoritiladi. Arastuning poetik qarashlari va zamonaviy adabiyotshunoslik konsepsiyalari asosida syujetning qissa janridagi o‘rni ochib berilib, badiiy detalning voqealar rivoji, xarakter yaratish va g‘oyaviy mazmunni ifodalashdagi funksiyasi tahlil etiladi. Shuningdek, Nazar Eshonqul qissalari misolida syujet qurilishi va badiiy detallar orqali poetik yaxlitlikni ta’minlash usullari ilmiy asosda baholanadi.

More from our Archive