DOI: 10.63294/afucon/vol12iss1/203 ISSN:
SURXONDARYO VILOYATIDA KICHIK BIZNES SUBYEKTLARIDA RAQOBAT STRATEGIYALARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING ILMIY- USLUBIY JIHATLARI
Abduvoxidov BehzodMazkur tadqiqotda Surxondaryo viloyatidagi kichik biznes subyektlarida raqobat strategiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirishning ilmiy-uslubiy jihatlari tahlil qilindi. Tadqiqot davomida tarmoq tarkibi, bozor zichligi va korxonalarning resurs salohiyati oʻrtasidagi bogʻliqlik baholandi. Natijalar strategiya tanlovining korxona imkoniyatlari va tarmoq xususiyatlariga mosligi raqobat ustunligi hamda iqtisodiy natijadorlikni oshirishga xizmat qilganini koʻrsatdi. Fokuslash, differensiatsiya va innovatsion yondashuvlarni uygʻun qoʻllash kichik biznesning barqaror rivojlanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatgani asoslandi.