DOI: 10.63294/afucon/vol12iss1/199 ISSN:
SOLIQ RAGʻBATLANTIRISHLARI ORQALI KLASTERLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Xudoyqulov Sirojiddin Uzoq oʻgʻliMazkur tadqiqotda klasterlar faoliyati samaradorligini oshirishda soliq ragʻbatlantirish mexanizmlarining oʻrni tahlil qilindi. Klasterlarning iqtisodiy rivojlanish, investitsiyalarni jalb etish, innovatsion faoliyatni qoʻllabquvvatlash va raqobatbardoshlikni kuchaytirishdagi ahamiyati yoritildi. Xalqaro tajribalar hamda Oʻzbekistonda amalga oshirilgan islohotlar oʻrganildi. Soliq imtiyozlarining klaster ishtirokchilari faoliyatiga taʼsiri baholandi. Tadqiqot natijasida soliq ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish, innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash va klasterlar samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqildi.