DOI: 10.63294/afucon/vol2iss1/509 ISSN:

SIROJIDDIN RAUF IJODIDA VATAN MANZARALARI

Umida Abduraxmanova

Mazkur maqolada Sirojiddin Rauf she’riyatida Vatan konseptining badiiy-falsafiy talqini tahlil etiladi. Shoir lirikasida Vatan timsolining milliy o‘zlik, tarixiy xotira, ma’naviy qadriyatlar, e’tiqod va fuqarolik mas’uliyati bilan uzviy bog‘liq holda ifodalanishi ilmiy jihatdan yoritiladi. Tadqiqotda “Fuqaro”, “Vatanni anglash”, “Amir Temur” hamda Qashqadaryo va Ko‘k Gumbazga bag‘ishlangan she’rlar misolida Vatan obrazining poetik xususiyatlari, tabiat tasvirlari, tarixiy shaxslar va madaniy obidalar vositasida yaratilgan badiiy umumlashmalar tahlil qilinadi. Shuningdek, shoirning falsafiy mushohada, obrazli tafakkur va lirik-psixologik tasvir vositalari orqali Vatanga muhabbat, ozodlik, tinchlik va milliy g‘urur g‘oyalarini yuksak badiiy saviyada ifodalash mahorati ochib beriladi. Xulosa sifatida Sirojiddin Rauf she’riyati zamonaviy o‘zbek lirikasida Vatan konseptini falsafiy-estetik mazmunda boyitgan, milliy tafakkur va vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksak badiiy darajada aks ettirgan muhim adabiy hodisa ekanligi asoslanadi.

More from our Archive