DOI: 10.63294/afucon/vol3iss1/585 ISSN:

SIBAVEYHINING ARAB TILI ILMIGA KIRIB KELISHI VA “AL-KITOB” ASARINING ARAB TILI RIVOJIDAGI O’RNI

Yodgorova Diyora Jo‘rabek qizi, (Arab tili va Ingiliz tili) fakulteti

Ushbu maqolada arab tilshunosligining buyuk namoyandasi Sibaveyhining ilmiy faoliyati va uning mashhur asari — “Al-Kitob” ning arab tili rivojidagi o‘rni keng yoritilgan. Tadqiqotda arab tilining ilmiy tadqiqotga kirib kelishi, Basra va Kufa maktablari o‘rtasidagi ilmiy bahslar, Qur’oni Karim va hadis ilmining grammatik qoidalar shakllanishiga ta’siri tahlil qilingan. “Al-Kitob”ning fonetika, morfologiya, sintaksis va semantika bo‘yicha qoidalari arab tilining nazariy va amaliy jihatdan mukammal tizimga solinishida hal qiluvchi rol o‘ynagani ilmiy manbalar asosida ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, Sibaveyhining asari keyingi grammatiklar — Zamaxshariy, Ibn Jinniy va boshqa olimlar faoliyatiga ta’siri, arab tilining standartlashuvi va umumiy tilshunoslik nazariyalariga qo‘shgan hissasi keng qamrovda tahlil etilgan. Maqola o‘zbek va xorijiy olimlarning tadqiqotlariga tayangan holda yozilgan bo‘lib, arab tilshunosligi tarixida “Al-Kitob”ning ilmiy poydevor sifatidagi ahamiyatini ochib beradi.

More from our Archive