DOI: 10.63294/afucon/vol2iss1/508 ISSN:

SHUKUR XOLMIRZAYEV IJODIDA O‘ZBEK MILLIY XARAKTERINING BADIIY TALQINI

Feruza Karimova

Mazkur maqolada Shukur Xolmirzayev ijodida milliy xarakter masalasining badiiy talqini hamda realizm tamoyillarining namoyon bo‘lish xususiyatlari tahlil etiladi. Yozuvchi asarlarida milliylikning qahramonlar xarakteri, dunyoqarashi, axloqiy qarashlari, urf-odatlarga munosabati va ruhiy kechinmalari orqali ifodalanishi ilmiy jihatdan yoritiladi. Shuningdek, qishloq muhiti, tabiat tasviri va xalqona tafakkurning badiiy ifodasi Shukur Xolmirzayev realizmining muhim belgilaridan biri sifatida baholanadi. Maqolada yozuvchining hayot haqiqatini haqqoniy aks ettirish, inson ruhiyatini chuqur ochish va milliy qadriyatlarni badiiy obrazlar vositasida gavdalantirishdagi mahorati tahlil qilinadi. Xulosa sifatida Shukur Xolmirzayev ijodi o‘zbek adabiyotida milliy xarakter va realizmning o‘zaro uyg‘unligini yorqin namoyon etgan yuksak badiiy hodisa ekanligi asoslanadi.

More from our Archive