SHUKUR XOLMIRZAYEV HIKOYALARIDA SYUJET VA KOMPOZITSIYA
Kamola BotirkulovaMazkur maqolada Shukur Xolmirzayevning “Odam” hikoyasi syujet va kompozitsiya nuqtayi nazaridan tahlil qilingan. Asarda yozuvchining inson ruhiyati, hayot sinovlari va milliy xarakter tasviridagi badiiy mahorati yoritilib, Rahima obrazi misolida sabr, matonat, mehr va yashashga bo‘lgan intilish g‘oyalari ochib beriladi. Tadqiqotda hikoyaning syujet qurilishi – ekspozitsiya, tugun, voqealar rivoji, kulminatsiya va yechim bosqichlari ilmiy asosda tahlil etilib, ularning qahramon ruhiy olamini ochishdagi o‘rni ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, kompozitsiyada retrospektiv tasvir, ichki monolog, xotira lavhalari, vaqt va makon uyg‘unligining badiiy funksiyasi hamda ularning asarning g‘oyaviy yaxlitligini ta’minlashdagi ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot natijasida Shukur Xolmirzayev syujet va kompozitsion vositalardan mohirona foydalanish orqali inson ruhiyati va davr voqeligini yuksak badiiy mahorat bilan ifodalagan iste’dodli hikoyanavis ekanligi xulosalanadi.