SHO‘RLANGAN TUPROQLARDA SHOLI YETISHTIRISHDA SUVNI TEJOVCHI SUG‘ORISH TEXNOLOGIYALARINING AGROEKOLOGIK SAMARADORLIGI
Ayimxan Fazilbek qizi UbaydullaevaMazkur maqolada sho‘rlangan tuproqlarda sholi yetishtirishda suvni tejovchi sug‘orish texnologiyalarining agroekologik samaradorligi yoritilgan. Tuproq sho‘rlanishining sholi o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri, sug‘orish rejimining tuproq suv-tuz muvozanatini saqlashdagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, navbatlab namlash va quritish texnologiyasi, tuproq namligini nazorat qilish, sug‘orish me’yorlarini maqbullashtirish hamda kollektor-drenaj tizimlaridan samarali foydalanish masalalari ko‘rib chiqilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Orolbo‘yi mintaqasining tabiiy-iqlimiy sharoitida suv resurslaridan oqilona foydalanish, tuproqning meliorativ holatini yaxshilash va ekologik barqarorlikni ta’minlashning ilmiy-amaliy jihatlari asoslangan.