DOI: 10.63294/afucon/vol12iss1/337 ISSN:

SANOAT KORXONALARINING QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARIDAN (QTEM) FOYDALANISHGA TAYYORLIK DARAJASINI BAHOLASHGA ILMIY YONDASHUVLAR

Abdullayev Elyorbek Odiljon oʻgʻli

Mazkur tadqiqotda sanoat korxonalarining qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga tayyorlik darajasini baholash boʻyicha ilmiy yondashuvlar qiyosiy tahlil qilindi. Texnologik tayyorlik, joriy etish tayyorligi va mintaqaviy baholash modellari oʻrganilib, korxona darajasiga moslashtirilgan toʻrt oʻlchamli baholash mantigʻi ishlab chiqildi. Natijalar texnologik, tashkiliy, moliyaviy va institutsional omillar tayyorlik darajasini kompleks baholash imkonini berganini koʻrsatdi. Taklif etilgan yondashuv sanoat korxonalarida energiya samaradorligini oshirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish boʻyicha ilmiy asos yaratdi.

More from our Archive