DOI: 10.63294/afucon/vol12iss1/200 ISSN:
SANOAT KORXONALARIDA ERP TIZIMINI JORIY ETISH JARAYONINI MODELLASHTIRISH
Azizov Abdulla AbdisalamovichMaqolada sanoat korxonalarida korxona resurslarini rejalashtirish (ERP) tizimini joriy etish ketma-ketligini ilmiy asoslash masalasi tadqiq etildi. Muallif ERP modullarini joriy etishning anʼanaviy tajribaviy yondashuvi yetarli darajada samarali emasligini koʻrsatdi va R. Bellmanning optimallik prinsipiga asoslangan dinamik dasturlash usulini qoʻlladi. Olmaliq konmetallurgiya kombinati misolida toʻqqizta asosiy biznes jarayon ajratildi hamda har biri uchun foyda/xarajat nisbati baholandi.