SANOAT KLASTERLARIDA INNOVATSION SALOHIYATNI RIVOJLANTIRISHNING INSTITUTSIONAL ASOSLARI
Mamadaliyev Anazxon ZiyodillayevichUshbu tezisda sanoat klasterlarida innovatsion salohiyatni rivojlantirishning institutsional asoslari nazariy jihatdan asoslab berildi. Institutsional iqtisodiyot, milliy innovatsiya tizimi va uch spiral konsepsiyalariga tayangan holda klaster ichidagi bilim almashinuvi hamda hamkorlik mexanizmlarini izohladi. Tadqiqot rasmiy va norasmiy institutlarning tranzaksiya xarajatlarini kamaytirishdagi oʻrnini koʻrsatdi va klaster siyosatining innovatsion faollikni oshirishdagi ijobiy taʼsirini dalilladi. Institutsional tayanchlar tizimlashtirildi hamda ularning funksional roli jadval orqali umumlashtirildi. Xulosada universitet, sanoat va davlat oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, klaster infratuzilmasini rivojlantirish va bilim transferi kanallarini kengaytirishga qaratilgan amaliy takliflar taqdim etildi. Natijalar mintaqaviy iqtisodiy oʻsishni qoʻllab-quvvatlashga xizmat qildi.