SAMARBONU IJODINING O‘ZIGA XOSLIGI
Madina G‘ulomovaMazkur maqolada XIX asr Farg‘ona adabiy muhitining iste’dodli vakili Samar Bonu (Bonu)ning hayoti, ijodi va badiiy mahorati tahlil etilgan. Shoiraning she’riy merosi, mumtoz adabiyot an’analariga munosabati hamda Hofiz, Alisher Navoiy, Fuzuliy va Huvaydo kabi mumtoz ijodkorlar bilan adabiy aloqalari yoritiladi. Tadqiqotda Bonu lirikasida ishq, hijron, ayol taqdiri, ma’naviy komillik va insonparvarlik g‘oyalari badiiy-estetik jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, shoiraning nazira va radifgo‘ylik an’analarini davom ettirishi, mumtoz she’riyat namunalariga ijodiy yondashuvi hamda o‘ziga xos poetik uslubi misollar asosida ochib beriladi. Maqolada Samar Bonu ijodining o‘zbek mumtoz adabiyotidagi o‘rni va uning ma’naviy-badiiy merosini chuqur o‘rganish zarurati asoslanadi. Tadqiqot natijasida Bonu ijodi o‘zbek mumtoz she’riyatining yuksak namunalaridan biri sifatida baholanadi.