DOI: 10.63294/afucon/vol2iss1/499 ISSN:

SAIDA ZUNUNOVA LIRIKASIDA ONA TIMSOLI TALQINI

Sitorabonu Jo‘rayeva

Ushbu maqolada Saida Zununova she’riyatida Ona obrazining badiiy talqini va poetik xususiyatlari tahlil qilingan. Shoira ijodida ona siymosi nafaqat shaxsiy tuyg‘ular, balki umuminsoniy, axloqiy va falsafiy g‘oyalarni mujassam etuvchi markaziy badiiy timsol sifatida yoritiladi. Tahlil jarayonida shoiraning “Nahotki, siz yo‘qsiz endi, onajon...” hamda “Onangni sevgin deb o‘rgatmoq g‘alat” she’rlari misolida metafora, epitet, tashbeh, ramz va kontrast kabi badiiy tasvir vositalarining qo‘llanishi ochib beriladi. Shuningdek, lirik qahramonning ruhiy kechinmalari, ona sog‘inchi, farzandlik burchi, aybdorlik hissi hamda ona mehrining ma’naviy meros sifatidagi talqini ilmiy-estetik jihatdan asoslanadi. Tadqiqot natijasida Saida Zununova she’riyatida Ona obrazi milliy qadriyatlar, ma’naviy poklik va insonparvarlik g‘oyalarini ifodalovchi yuksak poetik timsol ekanligi xulosalanadi.

More from our Archive