DOI: 10.70413/cajei-v05-i10-a8732 ISSN: 2181-4481

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA OLIY TA’LIM TALABALARINING LOYIHAVIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA SUN’IY INTELLEKT VA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV INTEGRATSIYASI

Gulmira Urazxonovna Kunisova

Maqolada raqamli transformatsiya sharoitida oliy ta’lim talabalarining loyihaviy faoliyatini rivojlantirishda sun’iy intellekt vositalari va kompetensiyaviy yondashuvni integratsiyalash masalasi yoritilgan. Sun’iy intellektning loyiha g‘oyasini shakllantirish, muammoni tahlil qilish, axborotni saralash, ish rejasini tuzish, natijalarni baholash va jamoaviy hamkorlikni tashkil etishdagi didaktik imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, sun’iy intellektdan foydalanish jarayonida talabalarning mustaqil fikrlashi, tanqidiy tahlil qilish, raqamli savodxonlik, kommunikativ hamkorlik va mas’uliyatli qaror qabul qilish kompetensiyalarini rivojlantirish zarurati asoslangan. Tadqiqot natijasida sun’iy intellektni loyihaviy ta’limga maqsadli integratsiyalashning bosqichlari hamda uning samaradorligini baholash mezonlari taklif etilgan.

More from our Archive