DOI: 10.63294/afucon/vol12iss1/179 ISSN:
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TRANSPORT INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH JARAYONLARINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Raximov Xasan ShukurjonovichMaqolada global raqamli transformatsiya davrida O‘zbekiston transport infratuzilmasini modernizatsiya qilishning strategik ahamiyati va raqamli texnologiyalarni tatbiq etish orqali tranzit salohiyatni oshirish masalalari tahlil qilinadi. O‘zbekistonning geografik joylashuvi va xalqaro transport koridorlari orqali tranzit yuklarni samarali tashish imkoniyatlari, shuningdek, temir yo‘l transportining afzalliklari va kamchiliklari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot O‘zbekiston Respublikasi transport tizimini rivojlantirish va uning iqtisodiy samaradorligini oshirishga oid konseptual modelni ishlab chiqish uchun ilmiy-amaliy asos yaratadi.