RAQAMLI MARKETINGDA ISTE’MOLCHILAR XULQ-ATVORINI TAHLIL QILISH USULLARI
Xalilova Maftuna Raxmon qizi, Yoqubov Asilbek Abdinazar oʻgʻliMaqolada raqamli marketing jarayonlari bilan iste’molchi xulqatvori o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tahlil etiladi. Tadqiqot iste’molchilarning psixologik xususiyatlari raqamli marketing strategiyalarining shakllanishi va samaradorligiga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rganishga qaratilgan. Xususan, diqqat, qabul qilish, motivatsiya, o‘rganish, munosabat, xotira va qaror qabul qilish kabi psixologik jarayonlarning marketingdagi ahamiyati yoritilgan. Raqamli marketing kampaniyalarining iste’molchi xatti-harakatlariga ta’siri psixologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi hamda marketing strategiyalarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, iste’molchilarning psixologik jarayonlarini chuqur tahlil qilish raqamli marketing faoliyatining muvaffaqiyat darajasini oshirish, mijozlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni shakllantirish va brend sodiqligini mustahkamlashda muhim omil hisoblanadi.