RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA KICHIK BIZNESDA DIVERSIFIKATSIYANING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI: ONLAYN SAVDO IMKONIYATLARI VA FRANCHAYZING MODELI
Ulug‘xоjayev Xamidullо Fayzullоxоn о‘g‘liMaqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida kichik biznes subyektlarining diversifikatsiyaga bo‘lgan ehtiyoji, uning mazmun-mohiyati va rivojlanish tendensiyalari ilmiy tahlil etiladi. Onlayn savdo imkoniyatlari hamda franchayzing modelining kichik tadbirkorlikda barqarorlik, innovatsion faollik va raqobatbardoshlikni oshirishdagi roli chuqur o‘rganiladi. Raqamli transformatsiya jarayonlari, internet bozorlarining kengayishi, transchegaraviy elektron savdo maydonlarining shakllanishi va zamonaviy biznes infratuzilmasining o‘zgarishi kichik biznesning yangi yo‘nalishlarga chiqishiga keng zamin yaratmoqda. Maqolada diversifikatsiyaning iqtisodiy va amaliy jihatlari, kichik biznesning global bozorlar bilan integratsiyasi hamda ushbu jarayonda innovatsion boshqaruv yechimlarining ahamiyati ilmiy asosda yoritilgan.