DOI: 10.63294/afucon/vol12iss1/72 ISSN:
RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA TRANSPORT INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH ORQALI ICHKI TURIZM FAOLIYAT SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI
Turopov MaqsudjonMazkur maqolada O‘zbekistonda ichki turizmni rivojlantirishda transport infratuzilmasining tutgan o‘rni va ta’sir darajasi ilmiy tahlil qilingan. Turizm faoliyatining samaradorligi faqat turistik ob’ektlar mavjudligi bilan emas, balki ularga oson, xavfsiz va qulay yetib borish imkoniyati bilan ham chambarchas bog‘liq ekani asoslab berilgan. Shuningdek, turli mahalliy va xalqaro olimlar, tadqiqotchilarning ilmiy qarashlari tanqidiy va tahliliy yondashuv asosida ichki turizm samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy va strategik tavsiyalar taqdim etilgan.