DOI: 10.63294/afucon/vol12iss1/174 ISSN:
RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA QURILISH MATERIALLARI ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARIDA SIFAT MENEJMENTINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Haqberdiev Ulug‘bek Nasrullo oʻgʻliMazkur maqolada qurilish materiallari sanoatida ishlab chiqarish jarayonlarini sifat menejmentining zamonaviy tamoyillari asosida tashkil etishning nazariy asoslari va amaliy mexanizmlari yoritilgan. Tadqiqotda xalqaro va mahalliy olimlarning fikrlari tahlil qilingan, ularning nazariyalari asosida sohadagi mavjud muammolarga ilmiy yondashuv asosida yechimlar ishlab chiqilgan. Sohani rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari mahalliy sanoat korxonalarida sifatni strategik boshqarishni shakllantirishga, milliy mahsulotlarni xalqaro talablarga moslashtirishga hamda sohaning barqaror o‘sishini ta’minlashga qaratilgan.