DOI: 10.63294/afucon/vol12iss1/68 ISSN:
RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA MOLIYAVIY MUSTAQIL OLIY TA’LIM MUASSASALARINI BOSHQARISH TIZIMLARI
Alimardonov Asrorjon AlimardonovichMazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida moliyaviy mustaqillikni ta’minlash masalasi hamda bu boradagi xalqaro tajribalar atroflicha tahlil qilinadi. AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya va Janubiy Koreya kabi rivojlangan mamlakatlar misolida moliyaviy avtonomiyaning amaliy mexanizmi, boshqaruv modellari, uning ta’lim sifati, ilmiy faollik va universitetlarning umumiy raqobatbardoshligiga ta’siri o‘rganildi. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida ushbu tajribalarni tatbiq qilish imkoniyatlari, ehtiyoj va xavflar tahlil etilib, milliy modelni shakllantirish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar berilgan.