DOI: 10.70413/cajar-v04-i10-a9187 ISSN: 3030-3397
QURITILGAN MEVA MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISH VA SAQLASH TEXNOLOGIYASI
Xadicha Olimjon qizi SalimjonovaUshbu maqolada quritilgan meva mahsulotlarini ishlab chiqarish va saqlash texnologiyasi, mevalarni quritishga tayyorlash bosqichlari hamda tabiiy va sun’iy quritish usullari yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy quritish texnologiyalari, jumladan, issiq havo, quyosh energiyasi, infraqizil nurlar, vakuumli va muzlatib quritish usullarining xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Quritilgan mevalarning sifat ko‘rsatkichlari, oziqaviy qiymati, qadoqlash usullari va saqlash sharoitlarining mahsulot sifatiga ta’siri tahlil qilingan. Mahsulotning tabiiy rangi, ta’mi, hidi va foydali xususiyatlarini saqlab qolishda zamonaviy texnologiyalar hamda sifat nazoratining ahamiyati asoslab berilgan.