DOI: 10.63294/afucon/vol11iss1/325 ISSN:

QOLIP OLUVCHI MATERIALLARNING RIVOJLANISH TARIXI VA ZAMONAVIY STOMATOLOGIYADA ULARDAN FOYDALANISHNING DOLZARB JI- HATLARI.

Dusmuradova Xumora Otabek qizi

Ortopedik stomatologiyaning uzoq rivojlanish tarixidan tortib, hozirgi zamonaviy stomatologiyagacha ko’plab xomashyo materiallari kashf qilindi va hozirgi kungacha amaliyotda foydalanib kelinmoqda. So’nggi vaqtlarda stomatolog va tish texniklarining qolip oluvchi materiallarga bo’lgan talabi bemorlar uchun tish protezi ehtiyojini qondirish asnosida ortib bormoqda. Bu esa o’z navbatida, har xil turdagi qolip oluvchi materiallarning turi, soni va shunga ko’ra, xususiyatlarining tobora takomillashayotganini ko’rsatadi. Binobarin, qolip olish jarayonida xomashyoning ijobiy va salbiy jihatlarini inobatga olib ishlashi ortoped-stomatologdan birmuncha kasbiy mahorat va bilimni ham talab etadi. Ushbu maqolada qolip materiallarining qisqacha rivojlanish tarixi, takomillashishi, stomatologiya amaliyotida ahamiyati haqida asosiy bilimlar, ularning foydalanish texnologiyalari hamda xususiyatlari haqida bayon etilgan.

More from our Archive