DOI: 10.70413/yoitj-v03-i10-a8638 ISSN: 3030-3559
QIZLARNING TA’LIMDAGI FAOLLIGINI OSHIRISH VA ILMIY TADQIQOTLARGA JALB ETISHNING ZAMONAVIY MEXANIZMLARI
Nurxon Jalolxonovna RaxmonovaMazkur maqolada qizlarning ta’lim jarayonidagi faolligini oshirish, ularning ilmiy-tadqiqot faoliyatiga qiziqishini kuchaytirish va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan zamonaviy mexanizmlar tahlil qilinadi. Xususan, ustoz-shogird tizimi, ilmiy mentorlik, innovatsion ta’lim metodlari, raqamli platformalar, ilmiy tanlovlar va qizlar uchun teng akademik imkoniyatlar yaratish masalalariga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, ta’limdagi stereotiplarni kamaytirish, ilmiy faoliyatga kirish imkoniyatlarini kengaytirish va yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqiladi.