DOI: 10.63294/afucon/vol2iss1/470 ISSN:
QISSA PROLOGI VA ILK JUMLA MODIFIKATSIYASI
Shaxlo BotirovaMazkur tezisda qissa poetikasida prologning badiiy-estetik vazifalari hamda ilk jumlaning syujet va badiiy mazmunni shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda Nazar Eshonqulning “Qora kitob” qissasi misolida prologning qahramon ruhiyatini ochish, voqealar rivojiga zamin yaratish va o‘quvchini asarning falsafiypsixologik muhitiga olib kirishdagi funksiyalari yoritiladi. Shuningdek, ilk jumlaning modifikatsiyasi, ichki monolog, murojaat usuli va ramziy-falsafiy qatlamlar orqali syujetning ichki dinamikasi hamda badiiy tafakkurning namoyon bo‘lish xususiyatlari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari prolog va ilk jumlaning qissa kompozitsiyasidagi poetik ahamiyatini ochib beradi.