DOI: 10.70413/yoitj-v03-i10-a9772 ISSN: 3030-3559

QADIMGI TERMIZ TARIXINI O‘RGANISHDA MUZEY EKSPONATLARINING TARIXIY MANBA SIFATIDAGI AHAMIYATI

Umida Akabirova

Ushbu maqolada Qadimgi Termiz tarixini o‘rganishda muzey eksponatlarining tarixiy manba sifatidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Xususan, Termiz davlat muzeyi-qo‘riqxonasi fondlarida saqlanayotgan arxeologik topilmalar, moddiy madaniyat namunalari, sopol buyumlar, tangalar, haykaltaroshlik asarlari va boshqa tarixiy artefaktlarning qadimgi shahar tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, madaniy aloqalari hamda diniy qarashlarini yoritishdagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, muzey eksponatlarining tarixiy ma’lumotlarni saqlash, ilmiy tadqiqotlarga jalb etish va kelajak avlodlarga yetkazishdagi ilmiy-ma’rifiy ahamiyati ochib beriladi. Maqolada muzey kolleksiyalaridan tarixiy tadqiqotlarda foydalanish imkoniyatlari va ularni zamonaviy muzeyshunoslik yondashuvlari asosida o‘rganish masalalariga ham e’tibor qaratiladi.

More from our Archive