DOI: 10.70413/ejmns-v06-i10-a8995 ISSN: 2181-287X

PROGNOSIS OF REPRODUCTIVE OUTCOMES AND PERSONALIZED MANAGEMENT TACTICS FOR INFERTILITY

Зарина Абдумуминовна Шопулотова

Tadqiqot maqsadi yordamchi reproduktiv texnologiyalar (YRT) dasturlarida bepushtligi bo‘lgan bemorlarni olib borishning shaxsiylashtirilgan algoritmini qo‘llashda klinik reproduktiv natijalarni baholash va tirik tug‘ilish ehtimolini prognozlash modelini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot 2025–2026 yillarda ikkita reproduktiv markaz: «Mediofarm» klinikasi (Toshkent sh.) va «Beshik» klinikasi (Samarqand sh.) bazalarida o‘tkazildi. Qiyosiy tadqiqotga bepushtlik bilan og‘rigan 118 nafar ayol kiritildi. Prospektiv guruhni (n=40) POSEIDON bo‘yicha majburiy stratifikatsiya bilan shaxsiylashtirilgan algoritm asosida olib borilgan bemorlar tashkil etdi. Retrospektiv guruhni (n=78) standart EKO protokolini olgan ayollar tashkil etdi. Statistik tahlil Student t-mezoni, xi-kvadrat mezoni, ko‘p omilli logistik regressiya tahlili va ROC-tahlilni o‘z ichiga oldi. Taklif etilgan shaxsiylashtirilgan algoritm va prognostik shkala yuqori klinik samaradorlik va qo‘llash qulayligini namoyish etadi, bu esa tirik tug‘ilish chastotasini oshirish va bemorlarni olib borish taktikasini optimallashtirish maqsadida YRT markazlarining mahalliy klinik protokollariga ularni joriy etish maqsadga muvofiqligini asoslaydi.

More from our Archive