DOI: 10.70413/yoitj-v03-i10-a8871 ISSN: 3030-3559

POLYPORUS TUBERASTER ZAMBURUG‘INING TOZA KULTURASINI AJRATIB OLISH USULLARI VA ULARNING QIYOSIY SAMARADORLIGI

Iroda Uktam qizi Nurullayeva

Maqolada Polyporus tuberaster (Jacq. ex Pers.) Fr. zamburug‘ining toza kulturasini ajratib olishning uchta usuli — to‘qima, spora va substrat mitseliysidan ajratish usullari — qiyosiy tahlil qilinadi. Tur tabiiy sharoitdan yig‘ilishi, mevatanasining tangachali yuzasi va psevdoskleroriyning tuproq bilan birikkanligi kontaminatsiya xavfini oshiradi, poliporlarga xos sekin o‘sish esa ifloslantiruvchi mikroorganizmlarga ustunlik beradi. Ishda turning kislotali muhitga (pH 5,0) bo‘lgan talabidan kelib chiqib, kislotalangan oziq muhitdan foydalanish taklif etiladi: bunday muhit maqsadli zamburug‘ uchun qulay bo‘lgani holda bakterial ifloslanishni bir vaqtning o‘zida bostiradi. Shtammni aynan saqlash talab etilganda to‘qima usuli afzal ekanligi asoslanadi.

More from our Archive