POETIK ASARLARDA SINONIM SO‘ZLARNING USLUBIY BO‘YOQDORLIGI
Salima JumayevaMazkur maqolada o‘zbek tilining boy leksik qatlamlaridan biri bo‘lgan sinonimlarning badiiy nutqdagi uslubiy imkoniyatlari tadqiq etiladi. Unda sinonimlarning nafaqat ma’nodosh birliklar sifatidagi xususiyatlari, balki ularning matndagi aniqlik, ta’sirchanlik, obrazlilik va emotsional-ekspressivlikni ta’minlashdagi o‘rni tahlil qilinadi. Maqolada sinonimik qatorlarda bosh so‘z va unga yaqin ma’noli birliklarning semantik hamda uslubiy farqlari misollar asosida yoritilgan. Shuningdek, sinonimlarning qo‘llanish doirasi, ijobiy yoki salbiy bo‘yoqdorligi, kitobiy va poetik uslubga xos jihatlari ko‘rib chiqiladi. Badiiy asarlarda ijodkorlarning sinonimlardan mahorat bilan foydalanishi natijasida fikrning yanada aniq, obrazli va estetik jihatdan mukammal ifodalanishi ta’kidlanadi. Tadqiqot davomida sinonimlarning badiiy matn mazmunini boyitish, qahramon xarakterini ochish hamda muallif munosabatini ifodalashdagi ahamiyati misollar orqali asoslanadi. Maqola o‘zbek tili stilistik imkoniyatlarini o‘rganishda sinonimlarning muhim lingvopoetik vosita ekanini ko‘rsatadi.