DOI: 10.63294/afucon/vol11iss1/311 ISSN:
PERIODONTOLOGIYADA PLAZMOLIFTING VA REGENERATIV USULLAR BO‘YICHA YANGI TAJRIBALAR
KAMALOVA NASIBA BAXTIYOROVNAMazkur maqolada periodontologiyada plazmolifting va regenerativ usullar bo‘yicha so‘nggi yutuqlar va amaliy tajribalar tahlil qilinadi. Asarda trombotsitlarga boy plazma (PRP) va PRF (Platelet-Rich Fibrin) yordamida periodontal to‘qimalarni tiklash jarayoni, biomateriallar bilan kombinatsiyalangan regenerativ usullar, hamda gibrid texnologiyalar amaliy jihatdan yoritiladi. Tadqiqotlarda plazmoliftingning yallig‘lanishni kamaytirish, kollagen sintezini kuchaytirish va implantologiyada regeneratsiya samaradorligini oshirishdagi roli ko‘rsatib o‘tiladi. Maqola klinik amaliyot va zamonaviy ilmiy maqolalar asosida tahlil qilingan bo‘lib, periodontologiya sohasida yangi yondashuvlar va ularning amaliy natijalari muhokama qilinadi.