PAYR SINDROMI, DOLIXOSIGMA VA MEGAKOLONNI JARROHLIK YO‘LI BILAN DAVOLASHDA LAPAROSKOPIK VA OCHIQ JARROHLIK USULLARI: ZAMONAVIY SHARH
Э.В. Саматов, Ф.А Отамуродов, Н.Ж. СагираевUshbu ilmiy maqolada Payr sindromi, dolixosigma va megakolonni jarrohlik yo‘li bilan davolashning zamonaviy yondashuvlari, xususan, laparoskopik va ochiq jarrohlik usullarining afzalliklari, cheklovlari hamda klinik samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqot mahalliy va xorijiy ilmiy adabiyotlar sharhiga asoslangan bo‘lib, yo‘g‘on ichakning anatomik va funksional o‘zgarishlari, surunkali kolostaz, ichak tranzitining buzilishi hamda operatsiyadan keyingi natijalarga alohida e’tibor qaratilgan. Adabiyotlar tahlili laparoskopik usul umumiy kolorektal jarrohlik amaliyotida operatsion shikastlanishni kamaytirish, qon yo‘qotilishini cheklash, bemorlarning tezroq tiklanishi va shifoxonada davolanish muddatini qisqartirish kabi afzalliklarga ega ekanligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, Payr sindromi va idiopatik megakolonni davolashda ushbu usulning ustunligini tasdiqlovchi qiyosiy tadqiqotlar yetarli emasligi aniqlangan. Maqolada jarrohlik usulini tanlashda kasallikning klinik kechishi, ichak kengayishining darajasi, funksional buzilishlar, rezeksiya hajmi va jarrohlik jamoasining tajribasini hisobga olish zarurligi asoslangan. Xulosa sifatida har bir bemorga individual anatomik-funksional yondashuvni qo‘llash jarrohlik davolash samaradorligini oshirishning muhim sharti ekanligi ta’kidlangan.