DOI: 10.70413/yopa-v04-i10-a9810 ISSN: 2181-4503
OZODLIKDAN MAHRUM ETILGAN AYOLLAR JINOYATCHILIGINI OLDINI OLISH VA IJTIMOIYLASHTIRISH
Izzatilla Sunnat o‘g‘li NasirovYangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasida inson qadrini ulug‘lash, jamiyatda qonun ustuvorligi va adolatni ta’minlash asosiy ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan. Bu borada jinoyat-ijroiya qonunchiligini insonparvarlashtirish, mahkumlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda jazoni o‘tab bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy muhitga muvaffaqiyatli moslashtirish tizimini tubdan isloh qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.