DOI: 10.70413/cajei-v05-i10-a8862 ISSN: 2181-4481

O’ZBEKISTONDA VIRTUAL LABORATORIYALARDAN FOYDALANISH SURXONDARYO VILOYATI MISOLIDA.

Shahnoza Abdulazizovna Kuldasheva, Madina Panji qizi Xolnazarova

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatining 20 ta tumanlari va Termiz shahri kesimida maktab kimyo darsida virtual laboratoriyalardan foydalanish darajasi aniqlandi. Kimyo darsida virtual laboratoriyalardan foydalanishning afzalliklari tahlil qilindi. Virtual laboratoriyalardan foydalanishning ta’lim samaradorligini oshirishdagi o’rni ilmiy, amaliy asosda yoritilgan. O’rganishning asosiy maqsadi Surxondaryo viloyati hududida o’quvchi talabalarning qanchalik kimyo darsiga qiziqishi va kimyo darsida virtual laboratoriyalardan foydalangandan keyin qiziqishining ortishi yoki susayishi, xozirgi raqamlashgan, texnikalar rivojlanayotgan davrda yoshlarning qiziqishini kimyo faniga qaratish asosiy maqsad qilib olingan. Xozirgi O’zbekiston yoshlarini boshlang’ich kimyo darslaridan kimyo faniga bo’lgan qiziqishini uyg’otish bizning asosiy maqsadimiz.

More from our Archive