DOI: 10.70413/ejsspc-v06-i10-a9782 ISSN: 2181-2888

O‘ZBEKISTONDA ICHKI VA TASHQI MIGRATSIYANING MILLATLARARO MUNOSABATLARGA TA’SIRI

Dilorom Babajanovna Babajanova

Mazkur maqola O‘zbekistonda ichki va tashqi migratsiya jarayonlarining millatlararo munosabatlarga ta’siri, migratsion jarayonlarning mamlakat ravnaqi va turli millat vakillarining o‘zaro munosabatlariga bo‘lgan ta’siri, bugungi kundagi mavjud vaziyat hamda uning sabab va oqibatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Xalqaro munosabatlarning globallashuvi sharoitida dunyo miqyosida kuzatilayotgan nizoli vaziyatlar ko‘lamining tobora ortib borayotgani hamda iqlim o‘zgarishlari bilan bog‘liq vaziyat, o‘z navbatida migratsion jarayonlarning kechishiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Migratsiya aholining hududiy harakatchanligini oshirish bilan birga, turli millat vakillari o‘rtasidagi ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni kuchaytiradi. Ichki va tashqi migratsiya oqimlarining ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotga hamda xavfsizlikni ta’minlash jarayoniga bo‘lgan ta’siri nuqtai nazaridan migratsion jarayonlarni o‘rganishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar ko‘lami tobora kengayishi tabiiy. Shu bilan birga, mehnat bozoridagi raqobat, ijtimoiy moslashuv, madaniy tafovutlar va axborot makonidagi stereotiplar ayrim hollarda millatlararo munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Maqolada migratsiyaning ijobiy va ehtimoliy salbiy oqibatlari, shuningdek, millatlararo totuvlikni mustahkamlashning asosiy mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Zero, so‘nggi yillarda kuzatilayotgan voqeliklar, migratsiya muammosini hal etishga qaratilgan yangi yondashuvlar mavzuni ilmiy tahlil qilish zaruratini vujudga keltirmoqda.

More from our Archive