DOI: 10.63294/afucon/vol11iss1/287 ISSN:
O‘ZBEKISTONDA BOLALARDA UCHRAYDIGAN O‘TKIR LIMFOBLAST LEYKEMIYA KASALLIGI BILAN KASALLANISH KO‘RSATKICHLARINING TAHLILI
Sultonova G.A, Sadikova G.E, Turdaliyeva M.MO‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligidan olingan statistik ma’lumotlarga asoslangan xolda O‘zbekiston hududida bolalar o‘rtasida o‘tkir limfoblast leykemiya kasalligining tarqalish ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Unga ko‘ra 2022-2024 yillar davomida shu kasallik bilan kasallangan bolalar statistikasi o‘rganildi. Bolalar o‘rtasida o‘tkir limfoblast leykemiya kasalligining barcha viloyatlar va Qoraqolpog‘iston Respublikasida tarqalish ko‘rsatkichlari va qizlar xamda o‘g‘il bolalarda bu kasallikning tarqalish holatlari o‘rganildi.