DOI: 10.70413/edutech-v01-i01-a9530 ISSN:
O‘ZBEKISTON TO‘LOV TIZIMLARIDA OPERATSION, KIBERXAVFSIZLIK VA FIRIBGARLIK RISKLARINI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI
O'G'ILOY ABDUVOSIL QIZI JO’RAYEVAMaqolada O‘zbekiston to‘lov tizimlarida operatsion, kiberxavfsizlik va firibgarlik risklarini boshqarish amaliyoti tahlil qilinadi. Milliy to‘lov tizimini tartibga soluvchi huquqiy asos, 2018–2026-yillarda ochiq manbalarda yoritilgan yirik uzilish va xavfsizlik hodisalari hamda bank kartalari bilan bog‘liq firibgarlik ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Tahlil asosida risklar matritsasi tuzildi va risklarni boshqarishni takomillashtirishning besh yo‘nalishi taklif etildi: operatsion barqarorlikni oshirish, real vaqtdagi firibgarlikka qarshi monitoring, uchinchi tomon xizmatlari xavfini nazorat qilish, risk-yo‘naltirilgan nazorat hamda hodisalar to‘g‘risida shaffoflik.