DOI: 10.63294/afucon/vol2iss1/532 ISSN:
O‘ZBEK VA RUS TILLARIDA TILSHUNOSLIKKA OID ATAMALAR VA ULARNING QO‘LLANILISHI
Risolat AbrorovaMazkur tezisda o‘zbek va rus tillaridagi tilshunoslik atamalarining mazmuniy, tizimlashtiruvchi, ilmiy-uslubiy hamda kommunikativ funksiyalari tahlil qilinadi. Tilshunoslik terminlarining ilmiy tushunchalarni aniq ifodalash, til hodisalarini tizimlashtirish, ilmiy uslubni shakllantirish va mutaxassislar o‘rtasida samarali muloqotni ta’minlashdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, o‘zbek va rus tilshunosligida qo‘llaniladigan asosiy terminlarning o‘xshash va farqli jihatlari tahlil qilinib, ularning zamonaviy tilshunoslikdagi amaliy ahamiyati asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari terminologiya tizimini takomillashtirish hamda ilmiy muloqot samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.