DOI: 10.63294/afucon/vol3iss1/584 ISSN:
O‘ZBEK VA ARAB TILLARIDAGI SOMATIK FRAZEOLOGIZMLARNING QIYOSIY-LINGVOKULTUROLOGIK TAHLILI
Tojiyeva Vazira Toxir qizi, Rahimjanov Masrur NugmanovichUshbu maqola o‘zbek va arab tillaridagi somatik (tana a’zolari nomlari ishtirok etgan) frazeologizmlarning qiyosiy tahliliga bag‘ishlangan. Tadqiqotda "bosh", "ko‘z", "qo‘l" va "yurak" komponentli iboralarning leksiksemantik xususiyatlari va ularning milliy dunyoqarashni ifodalashdagi o‘rni o‘rganiladi. Ikki xalqning madaniy, diniy va tarixiy yaqinligi sababli frazeologik qatlamda kuzatiladigan o‘xshashliklar (universalizm) va tillarning geneologik farqidan kelib chiquvchi o‘ziga xosliklar (allomorfizm) yoritib beriladi. Tahlil jarayonida metafora, metonimiya va semantik ko‘chish hodisalari qiyoslanadi.