DOI: 10.63294/afucon/vol2iss1/524 ISSN:

O‘ZBEK TILINING IFODA VA OHANG IMKONIYATLARINI TADQIQ ETISHDA ALISHER NAVOIY IJODIY MEROSINING O‘RNI

Olima G‘ayratova

Mazkur maqolada Alisher Navoiyning o‘zbek tili taraqqiyoti, uning ifoda va ohang imkoniyatlarini rivojlantirishdagi o‘rni hamda tilshunoslikka oid qarashlari tahlil qilingan. Unda Navoiy ijodining nafaqat badiiy, balki lingvistik jihatdan ham katta ahamiyatga ega ekani, xususan, turkiy tilning nufuzini oshirish, o‘zbek adabiy tilining shakllanishi va rivojlanishiga qo‘shgan ulkan hissasi yoritilgan. Maqolada temuriylar davrida til va adabiyot rivojiga yaratilgan sharoitlar, Husayn Boyqaro va boshqa zamondoshlarining Navoiy faoliyatiga bergan baholari, shuningdek, shoir asarlarining til xususiyatlari ilmiy nuqtayi nazardan ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida Alisher Navoiy merosi o‘zbek tilining badiiy imkoniyatlarini namoyon etuvchi, milliy adabiy til taraqqiyotida muhim o‘rin tutuvchi bebaho manba ekanligi asoslangan.

More from our Archive