O‘ZBEK TILINING DAVLAT TILI SIFATIDAGI 37 YILLIK TARAQQIYOTI VA UMUMIY O‘RTA TA’LIMDA ONA TILI O‘QITISHNING ZAMONAVIY PEDAGOGIK MODELI
Iqbolxon TursunovaMaqolada o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan mamlakatda amalga oshirilgan til siyosatining asosiy bosqichlari tahlil qilinadi hamda umumiy o‘rta ta’lim maktabida ona tili va adabiyotni o‘qitishning zamonaviy pedagogik modeli asoslanadi. Tadqiqot sotsiokulturaviy yondashuv, refleksiv amaliyot nazariyasi va UNESCOning “kelajak o‘qituvchisi” konsepsiyasiga tayanadi. Pedagogik kuzatuv va amaliy tajriba tahlili asosida modelning to‘rt tarkibiy qismi — o‘qituvchilarning hamkorlikdagi metodik faoliyati, milliy bayramlarga asoslangan madaniy-lingvistik tarbiya, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish hamda sun’iy intellektdan pedagogik maqsadda foydalanish — ajratib ko‘rsatiladi. Natijalar ona tili ta’limida til, madaniyat va raqamli savodxonlikni uyg‘unlashtirish o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyasi va milliy o‘zlikni anglash darajasini oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.