O‘ZBEK TILIDA NUTQ ODOBI MASALALARI
Dilnavoz ImomaliyevaMazkur maqolada xalq og‘zaki ijodi namunalarida nutq madaniyati, so‘z odobi va nutqiy go‘zallik masalalari tadqiq etilgan. Unda maqol, topishmoq, doston, ertak va qo‘shiqlar misolida xalqning so‘zga bo‘lgan munosabati, chiroyli va ta’sirchan nutq haqidagi qarashlari tahlil qilinadi. Xalq og‘zaki ijodida qahramonlar nutqining shirinsuxanligi, muomala madaniyati, so‘zning inson ruhiyatiga ta’siri hamda nutqiy odobning ijtimoiy ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, saj’, tashbeh, metafora kabi badiiy vositalarning nutq ta’sirchanligini oshirishdagi o‘rni ko‘rsatilib, o‘zbek xalqining qadimdan nutq madaniyatiga katta e’tibor qaratgani asoslab berilgan. Tadqiqot natijasida nutq madaniyati xalqning ma’naviy qadriyatlari, tafakkuri va milliy dunyoqarashining ajralmas qismi ekanligi xulosalangan.