DOI: 10.63294/afucon/vol2iss1/518 ISSN:

O‘ZBEK TILIDA MUROJAAT BIRLIKLARINING GENDER XUSUSIYATI

Gulmira Yuldasheva

Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi murojaat birliklarining pragmatik va gender xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda murojaat birliklarining nutqiy muloqot jarayonidagi o‘rni, ularning ijtimoiy munosabatlar, hurmat darajasi, nutq etiketi va kommunikativ vaziyat bilan bog‘liqligi yoritilgan. Murojaat shakllari orqali so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi ijtimoiy masofa, yaqinlik darajasi hamda munosabat ifodalanishi ko‘rsatib beriladi. Maqolada erkak va ayol shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan murojaat birliklarining semantik, stilistik va pragmatik farqlari tahlil qilinib, ularning gender stereotiplari bilan bog‘liq jihatlari ochib berilgan. Erkaklarga murojaat qilishda ko‘proq ijtimoiy mavqe, kasbiy maqom va rasmiylikni bildiruvchi birliklar (ustoz, domla, rahbar, professor), ayollarga murojaatda esa muloyimlik, samimiylik va hissiy yaqinlikni ifodalovchi shakllar (opa, ona, ayajon, opajon, muallima) ustunligi aniqlangan. Shuningdek, zamonaviy nutq amaliyotida gender neytral murojaat birliklarining qo‘llanishi va ularning kommunikativ tenglikni ta’minlashdagi ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari murojaat birliklari o‘zbek tilining ijtimoiy-madaniy va pragmatik imkoniyatlarini namoyon etuvchi muhim lingvistik vosita ekanini ko‘rsatadi.

More from our Archive