DOI: 10.63294/afucon/vol2iss1/528 ISSN:

O‘ZBEK TILI DARSLARIDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Muslimaxon Zohidova

Mazkur maqolada oliy ta’lim jarayonida “Leksemaning nutq ko‘rinishlariga xoslanishi” mavzusini o‘qitish metodikasi yoritilgan. Unda leksemalarning nutq jarayonida qo‘llanish xususiyatlari, ularning uslubiy qatlamlarga ajralishi hamda badiiy asar tilidagi namoyon bo‘lish imkoniyatlari tahlil qilingan. Maqolada amaliy mashg‘ulotlarni samarali tashkil etishda musobaqa texnologiyasi, keys topshiriqlari, FSMU texnologiyasi kabi zamonaviy pedagogik usullardan foydalanishning ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, talabalarni mustaqil fikrlashga, ijodiy yondashishga va lingvistik tahlil ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulot shakllari tavsiya etilgan. Leksemalarning uslubiy xoslanishini o‘rganishda adabiy matnlardan foydalanish, so‘zlarning fonetik, grammatik va semantik xususiyatlarini tahlil qilish orqali talabalarning nutq madaniyati va til sezgirligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

More from our Archive