DOI: 10.63294/afucon/vol2iss1/483 ISSN:
“O‘ZBEGIM” QASIDASIDA MILLIY O‘ZLIKNING BADIIY TALQINI
Gulhayo AbduqahhorovaMazkur tezisda Erkin Vohidovning “O‘zbegim” qasidasi janr xususiyatlari va g‘oyaviy-badiiy mazmuni nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotda qasida janrining o‘zbek adabiyotidagi taraqqiyot bosqichlari, an’anaviy va zamonaviy xususiyatlari hamda ushbu asarda milliy o‘zlik, vatanparvarlik, tarixiy xotira va xalqning ma’naviy qudrati badiiy talqini yoritiladi. Shuningdek, qasidada qo‘llanilgan badiiy tasvir vositalari, ramziy obrazlar va tarixiy shaxslar orqali milliy g‘urur hamda tarixiy ongni shakllantirish masalalari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari “O‘zbegim” qasidasining zamonaviy o‘zbek adabiyotidagi g‘oyaviy-estetik ahamiyatini ochib beradi.