DOI: 10.70413/ejmns-v06-i10-a9699 ISSN: 2181-287X

O'T HAYDOVCHI YIG'MA TARKIBIDAGI OSHLOVCHI MODDALAR TAHLILI

Umida Gulmon qizi Xolboyeva, Nodira Toxirovna Farmonova, Nilufar Shuxratillayevna Xalilova

Oshlovchi moddalar o'simlik vositalarining farmakologik faolligini belgilovchi muhim biologik faol birikmalar hisoblanadi. Maqolada ekma suli (Avena sativa L.), oddiy makkajo'xori (Zea mays L.) va itburun na'matagi (Rosa canina L.) xom ashyosidan tayyorlangan yangi tarkibli o't haydovchi yig'ma tarkibidagi oshlovchi moddalarni o'rganish natijalari keltirilgan. Yig'maning 10% li suvli ajratmasida umumiy (temir-ammoniyli achchiqtosh, temir(III) xlorid, jelatina, alkaloid va o'simlik shilliq moddasi eritmalari bilan) hamda tasnif (Stiasni reaksiyasi, qo'rg'oshin atsetat va vanilin bilan) sifat reaksiyalari o'tkazildi. Barcha reaksiyalar ijobiy natija berdi: yig'ma tarkibida gidrolizlanuvchi va kondensatsiyalanuvchi oshlovchi moddalar mavjudligi, bunda kondensatsiyalanuvchi guruh ustunlik qilishi aniqlandi. Oshlovchi moddalar miqdori indigosulfon kislota ishtirokida permanganatometrik titrlash usulida aniqlandi va taninga qayta hisoblaganda 8,08% ni tashkil etdi. Olingan natijalar yig'ma tarkibiy qismlari bo'yicha adabiyot ma'lumotlari bilan solishtirildi va yig'maning kimyoviy tarkibini keyingi o'rganishda asos bo'lib xizmat qiladi.

More from our Archive